Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



21:07:35 (GMT +5), Пш, 25 апр 2024

Вазир ва ўринбосарлар

Tashkulov Akbar Djurabayevich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri

Tashkulov Akbar Djurabayevich

(0371) 207-04-58

Fuqarolarni qabul qilish haftaning juma kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha

Tashkulov Akbar Djurabayevich – 1971-yil 21-sentabrda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi.

1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1994-1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 1995-1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik va me’yoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, 1997-2000-yillarda Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlar boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i, 2000-2002-yillarda Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i, 2002-2003-yillarda Xalq xo‘jaligida huquqiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2003-2005-yillarda Xorijiy investisiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2005-2013-yillarda Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2013-2017-yillarda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2021-yillarda adliya vazirining o‘rinbosari, 2021-2022-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi Farmoniga asosan A.Tashkulov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-noyabrdagi PF–249-son Farmoni bilan A.Tashkulov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tasdiqlangan.

 


Vazir 

adliya organlari va muassasalari faoliyatini tashkillashtirish va ularga umumiy rahbarlik qiladi;

vazirlik hayʼati faoliyatini boshqaradi;

vazirlik ishini rejalashtirish, uning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;

Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Inson resurslari boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Moliya-iqtisod boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Ishlar boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Birinchi bo‘lim faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

Vazir maslahatchisi va Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

moliyaviy, shuningdek moddiy-texnika taʼminoti, xodimlarning moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi.


Karimov Alisher Nishanovich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari

Karimov Alisher Nishanovich

(0371) 207-04-59

Fuqarolarni qabul qilish haftaning chorshanba kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha

Karimov Alisher Nishanovich - 1978 yilda Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti, 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 1999 yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) Yuridik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimi faoliyat yuritishdan boshlagan.

A.Karimov turli yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tizimida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va boshqarma boshlig‘i, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi maslahatchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Adliya vazirligidagi faoliyatini 2017 yilda Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlashdan boshlagan.

2019 yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Alisher Karimov Prezidentning 2021 yil 5 fevraldagi PQ-4981-sonli qarorga muvofiq, adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan.

1) quyidagi vazifalar:

huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;

normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish taʼsirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatni muvofiqlashtirish;

huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash;

2) Vazirlikning Qonunchilik departamenti, Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi, Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi, Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi, Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

3) “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi (huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash bo‘yicha) faoliyatini muvofiqlashtiradi.



Ikramov Muzraf Mubarakxodjayevich

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari

Ikramov Muzraf Mubarakxodjayevich

(0371) 207-04-34

Fuqarolarni qabul qilish haftaning payshanba kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha

Ikramov Muzraf Mubarakxodjayevich – 1973 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos.

1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (kunduzgi), 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi iqtisodiy islohot bo‘yicha qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 1997-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, 2003-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilik Bosh boshqarmasi boshlig‘i adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazining rahbari, 2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bo‘lim mudiri, 2012-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmatining O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha shoʻba mudiri, 2013-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari, 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri, 2017-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi, 2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

M. Ikramov 2007 yilda “Shuhrat” medali, 2014 yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” Faxriy unvoni bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.05.2020 yildagi PQ-4727-son qarori bilan M. Ikramov O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan. 


Vazir o‘rinbosari:

1) quyidagi vazifalar:

huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari
va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va uslubiy ko‘maklashish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishini taʼminlash;

notariat, advokatura hamda jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tuzilmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini taʼminlash;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari
va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish;

siyosiy-huquqiy sohaga oid xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tizimli va izchil choralar ko‘rish;

xalqaro-huquqiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarining huquqiy himoyasini taʼminlash, xalqaro hamjamiyat, xorijiy investorlarni milliy huquq tizimi va amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilishga masʼul hisoblanadi;

2) Vazirlikning Xalqaro huquqiy hamkorlik departamenti, Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi, Arbitraj va sud nizolari masalalari bo‘yicha boshqarmasi, Huquqiy xizmat ko‘rsatishni tartibga solish boshqarmasi, Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi, Huquqiy targ‘ibot va maʼrifat boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

3) “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi (huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish bo‘yicha) faoliyatini muvofiqlashtiradi.



O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari

Meliyev Xudoyor Xurramovich

(0371) 207-04-60

Fuqarolarni qabul qilish haftaning dushanba kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha

Meliyev Xudayor Xurramovich – 1980 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumot oliy, huquqshunos.

2001 yil Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini, 2006 yil magistratura bosqichini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 2001 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2003-2005 yillarda vazirlikning Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining bosh maslahatchisi, 2005-2008 yillarda Maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i, 2008-2010 yillarda Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasining boshlig‘i, 2010-2017 yillarda Jamoat, nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar boshqarmasining boshlig‘i, 2017-2018 yillarda Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 26 avgustdagi Farmoniga asosan X.Meliyev “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.01.2019 yildagi PQ-4117-son qarori bilan X.Meliyev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan.


Vazir o‘rinbosari:

1) quyidagi vazifalar:

maʼmuriy tartib-taomillar sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

ortiqcha maʼmuriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish;

davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va samaradorligini baholashga masʼul hisoblanadi;

2) Vazirlikning Davlat xizmatlari departamenti, Davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi, Maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

3) “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hamda “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

4) Adliya vazirligi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni amalga oshirishga masʼul hisoblanadi.


Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari

Muxammadiyev Aktam Zayniddinovich

(0371) 207-04-61

Fuqarolarni qabul qilish haftaning seshanba kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha

1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. Maʼlumot oliy, mutaxassisligi huquqshunos.

1999 yil Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini, 2001 yil magistratura bosqichini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 2001 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Shartnomaviy huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2005-2006 yillarda Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2006-2008 yillarda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2008-2009 yillarda Adliya vazirligi Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i, 2009-2010 yillarda Adliya vazirligi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i, 2010-2014 yillarda Adliya vazirligi Notariat, advokatura va FHDYO organlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2014-2017 yillarda Adliya vazirligi Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2017-2021 yillarda Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan 2016 yilda A. Muxammadiyev “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2021 yildagi PQ-70-son qarori bilan A.Muxammadiyev O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan.


Vazir o‘rinbosari:

1) quyidagi vazifalar:

davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda taʼminlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy o‘rganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;

davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida tahlil va monitoring qilishga masʼul hisoblanadi;

yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, yurisprudensiya sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirishni taʼminlash;

sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, sud ekspertlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirishga masʼul hisoblanadi;

2) Vazirlikning Davlat boshqaruvi tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi, Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi, Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi, Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

3) Huquqiy siyosat tadqiqot instituti, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, yuridik texnikumlar hamda Akademik litsey faoliyatini muvofiqlashtiradi;




Abdusattarov Tulkin Sayfullayevich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari

Abdusattarov Tulkin Sayfullayevich

Fuqarolarni qabul qilish haftaning chorshanba kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha

Abdusattarov Tulkin Sayfullayevich -  1978 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 1999 yilda Samarqand davlat universitetini, 2003 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007 yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan.

2003-2005 yyillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi, 2005-2007 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi guruhi yetakchi, bosh ilmiy xodimi, 2007-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Kotibiyatining Umumiy bo‘limi boshlig‘i, 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi qonun hujjatlari monitoringi guruhi bosh ilmiy xodimi, 2010-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining aʼzosi, 2015-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi, 2019-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining raisi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.05.2022 yildagi PQ-254-son qarori bilan T.Abdusattarov O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlangan.



 

a) quyidagi vazifalar:

intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish hamda ixtirolar, tovar belgilari, mualliflik huquqi va boshqa intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish;

ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilishga masʼul hisoblanadi;

b) Vazirlikning Intellektual mulk departamenti, Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olish boshqarmasi, Sanoat mulkini huquqiy himoya qilish boshqarmasi, Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasi, Intellektual mulk sohasini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;

d) “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi faoliyatini muvofiqlashtiradi.