Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



12:00:45 (GMT +5), Шб, 27 июл 2024

RSS обуна

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yilning birinchi choragi davomida norma ijodkorligi faoliyati sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot


I. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

2022-yilning birinchi choragi davomida Adliya vazirligiga jami 518 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lsa,
2021-yilning birinchi choragida 743 tani tashkil etdi.

2022-yilning birinchi choragida kelib tushgan 518 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridan 419 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan. Xususan, kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridan:

288 tasi ya’ni, 56 % ga ijobiy xulosa berilgan;

230 tasi – 44 % qaytarilgan (131 tasi – 57 % konseptual e’tirozlar bilan,
99 tasi – 43 % belgilangan tartibda kiritilmaganligi bois).

2022-yilning birinchi choragida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 419 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga jami 2 090 ta (har bir loyihaga o‘rtacha
4,9 tadan)
e’tiroz bildirilgan. (2021-yilning birinchi choragida 743 ta loyihaga 3 734 ta har bir loyihaga o‘rtacha 5,9 tadan e’tiroz bildirilgan) Xususan:

2022-yilning birinchi choragida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqqan vazirlik va idoralardan Ichki ishlar vazirligi (37 ta), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (24 ta) hamda Moliya vazirligi va Turizm va madaniy meros vazirligini; (22 tadan) norma ijodkorligi sohasida eng aktiv faoliyat olib borgan davlat organlari sifatida ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, Xalq ta’limi vazirligi (70%), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (58%) hamda Qurilish vazirligi (56%) loyihalari qaytarilgan davlat organlari qatorida eng yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan

Davlat organlarining norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatining raqamlardagi ifodasi quyidagicha:

Davlat organlari tomonidan 2022 yilning birinchi choragida huquqiy ekspertiza uchun yuborilgan loyihalar statistikasi


II.  Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan.

Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun 2022-yilning birinchi choragi davomida jami 119 ta (shundan o‘tgan yildan 17 tasi qoldiq bo‘lib o‘tgan) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar taqdim etilgan bo‘lib, ularning 66 tasi yoki 55% davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

2022-yilning birinchi choragi davomida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish eng ko‘p rad etilgan davlat organlari qatorida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (3 ta–100%) va Tashqi ishlar vazirligini (3 ta–100%) misol tariqasida keltirishimiz mumkin.

Davlat organlarining norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatining raqamlardagi ifodasi quyidagicha:

Т/r

Vazirlik

va idoralar nomi

Umumiy hujjatlar soni

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hujjatlar soni

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan hujjatlar soni

Qaytarib olingan

hujjatlar

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan deb topilgan hujjatlar

1.     

Adliya vazirligi

11

11

2.     

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1

1



3.     

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

3


3


4.     

Bosh prokuratura

1

1

5.     

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3

1

2

6.     

Davlat bojxona qo‘mitasi

11

7

2

1

7.     

Davlat geologiya qo‘mitasi

2

 1

1

8.     

Davlat soliq qo‘mitasi

5

1

1

9.     

Davlat statistika qo‘mitasi

1




10.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

1


1

11.

Energetika vazirligi

1

1

12.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2

2



13.

Ichki ishlar vazirligi

2

1

1


14.

Markaziy bank

3

3



15.

Moliya vazirligi

7

4


2

16.

Mudofaa vazirligi

6

4

1

17.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

1

1


18.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

1


19.

Qurilish vazirligi

3

 1


2

20.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati

1

1

21.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi

7

 7


22.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

6

4

2

23.

Tashqi ishlar vazirligi

3


24.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

1


25.

Transport vazirligi

3

1

1

26.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

1


1

27.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

7

7


28.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

5

1

1

29.

Boshqalar

20

5

10

1

JAMI

119

66

32

6

2

Izoh: 13 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat keyingi chorakka qoldiq bo‘lib o‘tgan.


Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni hisobga olish yuzasidan.

2020-yil 1-iyuldan boshlab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda – texnik hujjat) Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va ijobiy xulosa olingan taqdirda hisobga olish tartibi joriy etilgan.

Ta’kidlash lozimki, 2022-yilning birinchi choragi davomida Adliya vazirligiga taqdim etilgan 29 ta texnik hujjatni ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra, ularning 6 tasi (21 %) ijobiy xulosa asosida hisobga olindi, 6 tasi (21 %) hisobga olish rad etilgan, 6 tasi (21 %) taqdim etgan organning xatiga asosan qayta ishlash uchun chaqirib olingan, 11 tasi (37 %) keyingi chorakka qoldiq bo‘lib o‘tgan.

III. Vazirlikning norma ijodkorligi faoliyati.

Olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, turli sohalardagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish jarayonida vujudga keladigan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan 2022-yilning birinchi choragi davomida 60  ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi. Shundan: