Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



15:58:51 (GMT +5), Шб, 20 апр 2024

2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida vazirlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan maʼlumot. RSS обуна

2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida vazirlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan maʼlumot.


2022-yil 27-aprel holatiga

I.  Farmon va Davlat dasturida Vazirlikka 59 ta bandda tegishli vazifa va tadbirlarni bajarish yuklatilgan.

Shundan, 20 ta band boʻyicha vazirlik asosiy ijrochi etib belgilangan.

Maʼlumot uchun:

 Farmonning 9, 10, 14-bandlari, Dasturning 10.1-10.3, 10.4-10.5, 12, 14.1, 14.2, 17.1-17.5, 20, 29, 30, 44, 46.1-46.2, 46.4, 51, 66, 67, 68, 69-bandlarida asosiy;

Dasturning 2.1-2.3, 2.3a, 2.4, 3, 7.1-7.2, 7.3, 8.1, 8.2, 8.3, 11, 16, 17.6, 18, 19, 21, 27.1, 27.2, 28.2, 31, 32.1, 32.2, 33, 34, 37, 38, 41, 42, 43, 46.3, 116.3, 132, 269, 301, 302, 304, 317, 388, 396.3, 397-bandlarida qoʻshimcha ijrochi etib belgilangan.

Vazirlik asosiy ijrosi sifatida belgilangan 6 ta (12, 14.1, 20, 44, 46.1-46.2, 51) bandda qonun loyihalarini, 13 ta (9, 10, 14; 10.1-10.3, 10.4-10.5, 14.2, 17.1-17.5, 29, 30, 46.4, 66, 67, 68) bandda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, 1 ta (69) bandda tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

II.  Vazirlik tomonidan:

ijro muddati mart oyiga belgilangan bandlar boʻyicha:

1)  Farmonning 10 va 14-bandlari ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmati koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi (ID-53487) ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

2)  Dasturning 10.1-10.3-bandi ijrosi boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi (ID-57976) ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

ijro muddati aprel oyiga belgilangan bandlar boʻyicha:

3)  Farmonning 9-bandi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatiga davlat aralashuvi chegaralarini belgilash va tartibga solish yukini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi (ID-56708) ishlab chiqilib, 33 ta manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda 2022-yil 25-aprelda 01-24/2-1/1506-son xat bilan Vazirlar Mahkamasiga va 26-aprelda 01-24/2-1/1506-son xat bilan Prezident Administratsiyasiga kiritildi.

ijro muddati may oyiga belgilangan bandlar boʻyicha:

4)  Dasturning 17-bandi ijrosi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Demokratik islohotlarni amalga oshirishda davlat organlarining masʼuliyatini yanada oshirish, shuningdek, ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish va samarali roʻyobga chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi (ID-59944) ishlab chiqilib, 2022-yil 15-aprelda 10/7-67/8-son xat bilan 22 ta manfaatdor vazirlik va idoralarga kelishish uchun yuborildi.

Shuningdek,

4)  Dasturning 69-bandi ijrosi boʻyicha huquqiy axborot bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish, ommaviy axborot vositalarini tezkor huquqiy axborot bilan taʼminlash maqsadida “Bugun.uz”, “Daryo.uz”, “Gazeta.uz”, “Human.uz” va “Kun.uz”lar bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga sodda xalqchil tilda keng yetkazish hamda xotin-qizlar va tadbikorlik subyektlarining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish ishlari olib borilmoqda.

III.  Vazirlik tomonidan qoʻshimcha ijrochi sifatida belgilangan 39 ta banddagi tadbirlar ijrosini taʼminlashda tegishli vazirlik va idoralarga amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

5)  Dasturining 41-bandi ijrosi boʻyicha Prezident Administratsiyasi rahbarining 2021-yil 10-dekabrdagi 02-3559-son topshirigʻiga muvofiq ishchi guruh aʼzolari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, Prezident Administratsiyasiga kiritilgan (11/23-1/6180-son, 2021-yil 23-dekabr).