Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



22:52:04 (GMT +5), Дш, 29 апр 2024

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga! RSS обуна

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga!

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Sergeli tumani Davlat xizmatlari markazi binosini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.


Adliya vazirligi tasarrufidagi adliya organlari va muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan boʻsh yer uchastkasi oʻrnida Sergeli tumani Davlat xizmatlari markazi binosini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Sergeli tumani Davlat xizmatlari markazi uchun kamida 1 500 kv.m binoni jihozlab barcha qulayliklarga ega boʻlgan “tayyor holatda”gi (pod klyuch) noturar binosini koʻpi bilan 1 (bir) yil muddatda zamonaviy loyihalar asosida qurib topshirish.

Buyurtmachi: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Qurilish amalga oshiriladigan manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Sergeli 2-mavzesi 35 va 43 uylar orasidagi boʻsh yer maydoni

Qurilish yer maydoni: 0,25 (ga)

Qurilish maqsadi: Sergeli tumani Davlat xizmatlari markazi binosini qurish

Maʼlumot uchun: (88) 008-50-59

Tanlov shartlari:

1. Sergeli tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati uchun zarur boʻlgan foydalanish maydoniga mutanosib ravishda zamonaviy texnik inventarlar, yaʼni mebel jihozlari, stellaj, kompyuter, printer va boshqa texnika vositalari bilan taʼminlash.

Bunda kompyuter vositalari halqaro standartlarga (belaya sborka) toʻliq javob berishi lozim;

2. Majburiyatlar bajarilishini taʼminlash usullari sifatida Davlat xizmatlari markazi quriladigan yer maydoni boʻyicha davlat xususiy sheriklik loyihasi bajarilmay qolishi xavfini oldini olish boʻyicha Investor hisobidan sugʻurta qilinadi;

3. Toshkent shahar adliya boshqarmasi balansiga kamida 4 ta ikki xonali (50 kv.m dan kam boʻlmagan) kvartiralarni “tayyor holatda” (pod klyuch) mebel jihozlari va maishiy texnika vositalari bilan birga xizmat uyi sifatida oʻtkazib berish;

4. Loyihani amalga oshirish boʻyicha tuziladigan shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

– majburiyatlar bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun Investor majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi;

– bajarilgan ishlar sifati boʻyicha standartlar, texnik shartlar, qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, Davlat sherigi binoni qabul qilishni rad etib, Investordan sifati lozim darajada boʻlmagan ishlar qiymatining
20 foizi miqdorida jarima undirib olishga haqli hisoblanadi;

– Investor tomonidan majburiyatlar oʻz muddatida bajarilmagan taqdirda bino qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar qoplab berilmaydi va shartnomani bekor qilish choralari koʻriladi.

Bunda toʻliq va oʻz muddatida qurilishi yakunlanmagan bino davlat sherigi balansiga oʻtkaziladi;

– shartnoma majburiyatlari boʻyicha kelib chiqqan nizolar Davlat sherigi joylashgan manzildagi sud tomonidan hal etiladi;

– taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilmagan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari talablari doirasida hal etiladi.

Yuqoridagi manzillarda koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlar namunaviy loyiha hujjatlari bilan qatnashishlari mumkin.

Takliflar joriy yilning 8-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

Qurilish maydoni joylashgan joy: