Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



13:55:30 (GMT +5), Яш, 28 апр 2024

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga! RSS обуна

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga!

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining 4 qavatli oʻquv binosini kapital ta’mirlash,...


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining 4 qavatli oʻquv binosini kapital ta’mirlash, talabalar uchun yangi 150 oʻrinli yotoqxona binosini qurib foydalanishga topshirish, talaba va oʻqituvchilar uchun yangi oshxona binosini qurib foydalanishga topshirish hamda suniy qoplamali futbol, volleybol
va basketbol maydonlarini davlat xususiy sherikchilik asosida qurib foydalanishga topshirish boʻyicha tanlov e’lon qiladi. Kapital ta’mirlanayotgan va yangi qurib foydalanishga topshirilayotgan obyektlar davlat qabul komissiyasi dalolatnomasi asosida buyurtmachiga topshiriladi.

Buyurtmachi: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Qurilish amalga oshiriladigan manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri, At-Termiziy koʻchasi, 13-uyda joylashgan Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi binosi

Qurilish maqsadi: Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining 4 qavatli oʻquv binosini kapital ta’mirlash, talabalar uchun yangi 150 oʻrinli yotoqxona binosini qurib foydalanishga topshirish, talaba va oʻqituvchilar uchun yangi oshxona binosini qurib foydalanishga topshirish hamda sun’iy qoplamali futbol, volleybol va basketbol maydonlarini qurib foydalanishga topshirish

Maʼlumot uchun: (88) 008-50-59

Tanlov shartlari:

1.Surxondaryo viloyati Termiz shahri, At-Termiziy koʻchasi, 13-uyda joylashgan Surxondaryo viloyati yuridik texnikumining 4 qavatli oʻquv binosini kapital ta’mirlash va o‘quv bino qozonxonasini yangi zamonaviy qozonxonaga almashtirish, talabalar uchun yangi 150 oʻrinli yotoqxona binosini qurib foydalanishga topshirish, talaba va oʻqituvchilar uchun yangi oshxona binosini qurib foydalanishga topshirish, 12 o‘rinli yangi xojatxona binosini qurib foydalanishga topshirish hamda sun’iy qoplamali futbol, volleybol
va basketbol maydonlarini zamon talablariga toʻliq javob beradigan va barcha qulayliklarga ega boʻlgan “tayyor holatda”gi obyektlarni koʻpi bilan
1 (bir) yil muddatda qurib, foydalanishga topshirish;

2. Yangi binolar uchun zarur boʻlgan foydalanish maydoniga mutanosib ravishda zamonaviy kuzatuv kameralari bilan taʼminlash;

3Majburiyatlar bajarilishini taʼminlash usullari sifatida Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi oʻquv binosini kapital ta’mirlash va talabalar uchun yangi yotoqxona binosini qurish davlat xususiy sheriklik loyihasi bajarilmay qolishi xavfini oldini olish boʻyicha investor hisobidan sugʻurta qilinadi hamda kapital ta’mirlanishi rejalashtirilgan 4 qavatli binoning kamida 125% qiymatidagi investorning koʻchmas mulklariga nisbatan notarial tartibda garov shartnomasi rasmiylashtirish;

4. Loyihani amalga oshirish boʻyicha tuziladigan shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

– majburiyatlar bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun investor majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi;

– bajarilgan ishlar sifati boʻyicha standartlar, texnik shartlar, qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, davlat sherigi binoni qabul qilishni rad etib, investordan sifati lozim darajada boʻlmagan ishlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga haqli hisoblanadi;

– investor tomonidan majburiyatlar oʻz muddatida bajarilmagan taqdirda bino qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar qoplab berilmaydi va shartnomani bekor qilish choralari koʻriladi.

Bunda toʻliq va oʻz muddatida qurilishi yakunlanmagan bino davlat sherigi balansiga oʻtkaziladi

Yuqoridagi manzillarda koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlar namunaviy loyiha hujjatlari bilan qatnashishlari mumkin.

Takliflar yopiq holda, joriy yilning 18-aprel kuniga qadar Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh koʻchasi, 5-uy manzilida qabul qilinadi.