Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



14:26:28 (GMT +5), Шб, 20 апр 2024

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga! RSS обуна

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga!

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida adliya tizimi xodimlari uchun imtiyozli xizmatlar koʻrsatiladigan sogʻlomlashtirish markazini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.


Adliya vazirligi tasarrufidagi adliya organlari va muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan boʻsh yer uchastkasi oʻrnida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida adliya tizimi xodimlari uchun imtiyozli xizmatlar koʻrsatiladigan sogʻlomlashtirish markazini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Buyurtmachi: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Qurilish amalga oshiriladigan manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasi, 89-uyning orqa tomonida joylashgan boʻsh yer maydoni

Qurilish yer maydoni: 0,30 (ga)

Qurilish maqsadi: Adliya tizimi xodimlari uchun imtiyozli xizmatlar koʻrsatiladigan sogʻlomlashtirish markazini qurish

Maʼlumot uchun: (88) 008-50-59

Qurib topshirish muddati: ko‘pi bilan 1 (bir) yil.

Tanlov shartlari:

1. Adliya organlari va muassasalari xodimlariga sogʻlomlashtirish markazi barpo etish uchun maydoni kamida 2 500 kv.m. tashkil qiladigan zamonaviy, barcha talablarga toʻliq javob beradigan va barcha qulayliklarga ega boʻlgan holatdagi (pod klyuch) sogʻlomlashtirish markazini koʻpi bilan 1 (bir) yil muddatda qurib topshirish;

2. Sogʻlomlashtirish markazi faoliyati uchun zarur boʻlgan foydalanish maydoniga mutanosib ravishda zamonaviy texnik inventarlar, yaʼni mebel jihozlari va boshqa texnika vositalari bilan taʼminlash.

3. Majburiyatlar bajarilishini taʼminlash usullari sifatida sogʻlomlashtirish markazi quriladigan yer maydoni boʻyicha davlat xususiy sheriklik loyihasi bajarilmay qolishi xavfini oldini olish boʻyicha Investor hisobidan sugʻurta qilinadi;

4. Loyihani amalga oshirish boʻyicha tuziladigan shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

– majburiyatlar bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun Investor majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi;

– bajarilgan ishlar sifati boʻyicha standartlar, texnik shartlar, qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, Davlat sherigi binoni qabul qilishni rad etib, Investordan sifati lozim darajada boʻlmagan ishlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga haqli hisoblanadi;

– Investor tomonidan majburiyatlar oʻz muddatida bajarilmagan taqdirda bino qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar qoplab berilmaydi va shartnomani bekor qilish choralari koʻriladi.

Bunda toʻliq va oʻz muddatida qurilishi yakunlanmagan bino davlat sherigi balansiga oʻtkaziladi;

– shartnoma majburiyatlari boʻyicha kelib chiqqan nizolar Davlat sherigi joylashgan manzildagi sud tomonidan hal etiladi;

– taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilmagan munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari talablari doirasida hal etiladi.

Yuqoridagi manzillarda koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlar namunaviy loyiha hujjatlari bilan qatnashishlari mumkin.

Takliflar joriy yilning 31-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Qurilish maydoni joylashgan joy: