Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



20:08:29 (GMT +5), Сш, 23 апр 2024

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga! Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, 26-uyda joylashgan binoni buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. RSS обуна

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga! Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, 26-uyda joylashgan binoni buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.


Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, 26-uyda joylashgan Toshkent shahar adliya boshqarmasining sobiq maʼmuriy binosi

Adliya vazirligi tasarrufidagi adliya organlari va muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan Toshkent shahar adliya boshqarmasining balansida boʻlgan maʼmuriy binoni buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Buzilgan binoning oʻrniga xususiy sherik tomonidan yangi qurilgan bino-inshootning kamida 2 500 kv.m noturar joy qismini toʻliq jihozlagan holda Toshkent shahar adliya boshqarmasi balansiga topshirish.

Buyurtmachi: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Qurilish amalga oshiriladigan manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, 26-uyda joylashgan Toshkent shahar adliya boshqarmasining sobiq maʼmuriy binosi

Qurilish yer maydoni: 0,58 (ga)

Qurilish maqsadi: Toshkent shahar adliya boshqarmasining balansida boʻlgan maʼmuriy binoni buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurish

Maʼlumot uchun: (97) 767-67-07

Tanlov shartlari:

1. Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, 26-uyda joylashgan Toshkent shahar adliya boshqarmasi uchun maydoni kamida 2 500 kv.m. tashkil qiladigan zamonaviy, “ochiq adliya” tamoyiliga toʻliq javob beradigan va barcha qulayliklarga ega boʻlgan “tayyor holatda”gi (pod klyuch) boshqarma binosini koʻpi bilan 1 (bir) yil muddatda zamonaviy loyihalar asosida qurib, topshirish;

2. Yangi bino uchun zarur boʻlgan foydalanish maydoniga mutanosib ravishda zamonaviy texnik inventarlar, yaʼni mebel jihozlari, stellaj, kompyuter, printer va boshqa texnika vositalari bilan taʼminlash.

Bunda kompyuter vositalari halqaro standartlarga (belaya sborka) toʻliq javob berishi lozim;

3. Toshkent shahar adliya boshqarmasi balansiga kamida 4 ta ikki xonali (50 kv.m dan kam boʻlmagan) kvartiralarni “tayyor holatda” (pod klyuch) mebel jihozlari va maishiy texnika vositalari bilan birga xizmat uyi sifatida oʻtkazib berish;

4. Majburiyatlar bajarilishini taʼminlash usullari sifatida boshqarmaning sobiq maʼmuriy binosi davlat xususiy sheriklik loyihasi bajarilmay qolishi xavfining oldini olish boʻyicha Investor hisobidan sugʻurta qilinadi hamda boshqarmaning sobiq maʼmuriy binosi kamida 125% qiymatidagi Investorning koʻchmas mulklariga nisbatan notarial tartibda garov shartnomasi rasmiylashtiriladi;

5. Loyihani amalga oshirish boʻyicha tuziladigan shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

– majburiyatlar bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun Investor majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi;

– bajarilgan ishlar sifati boʻyicha standartlar, texnik shartlar, qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, Davlat sherigi binoni qabul qilishni rad etib, Investordan sifati lozim darajada boʻlmagan ishlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga haqli hisoblanadi;

– Investor tomonidan majburiyatlar oʻz muddatida bajarilmagan taqdirda bino qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar qoplab berilmaydi va shartnomani bekor qilish choralari koʻriladi.

Bunda toʻliq va oʻz muddatida qurilishi yakunlanmagan bino davlat sherigi balansiga oʻtkaziladi;

Yuqoridagi manzillarda koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlar namunaviy loyiha hujjatlari bilan qatnashishlari mumkin. Bunda Adliya vazirligiga qo'shimcha ishlar, hizmatlar va bonuslar berish takliflari ustunlik beradi.

Takliflar joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

Qurilish maydoni joylashgan joy: