Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



16:03:51 (GMT +5), Жм, 19 апр 2024

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga! Chilanzor tumani, Chilanzor koʻchasi, 29-uyda joylashgan binoni buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi. RSS обуна

Korxona va tashkilotlar eʼtiboriga! Chilanzor tumani, Chilanzor koʻchasi, 29-uyda joylashgan binoni buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.


X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining binosini buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli noturar joy bino va inshootini qurish

Buzilgan binoning oʻrniga xususiy sherikchilik tomonidan yangi qurilgan koʻp qavatli turar va noturar joy bino va inshootining noturar joy qismidan kamida 2 400 kv.m qismini toʻliq jixozlangan holda topshirish.

Buyurtmachi: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Qurilish amalga oshiriladigan manzil: Toshkent shahar, Chilanzor tumani, Chilanzor koʻchasi, 29-uyda joylashgan X. Sulaymanova Respublika sud ekspertiza markazining eski binosi

Qurilish yer maydoni: 0,21 (ga)

Qurilish maqsadi: X. Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining binosini buzib, uning oʻrniga zamonaviy koʻp qavatli noturar joy bino va inshootini qurish

Maʼlumot uchun: (97) 767-67-07

Tanlov shartlari:

1. Toshkent shahar, Chilanzor tumani, Chidanzor koʻchasi, 29-uyda joylashgan X. Sulaymanova Respublikas sud ekspertiza markazining uchun maydoni kamida 2 400 kv.m. tashkil qiladigan zamon talablariga toʻliq javob beradigan va barcha qulayliklarga ega boʻlgan “tayyor holatda”gi (pod klyuch) binoni koʻpi bilan 1 (bir) yil muddatda qurib, topshirish;

2. Yangi binoga uchun zarur boʻlgan foydalanish maydoniga mutanosib ravishda zamonaviy texnik inventarlar, yaʼni mebel jihozlari, stellaj, kompyuter, printer va boshqa texnika vositalari bilan taʼminlash.

Bunda kompyuter vositalari halqaro standartlarga (belaya sborka) toʻliq javob berishi lozim;

3. Majburiyatlar bajarilishini taʼminlash usullari sifatida X. Sulaymanova Respublika sud ekspertiza markazi sobiq maʼmuriy binosi davlat xususiy sheriklik loyihasi bajarilmay qolishi xavfini oldini olish boʻyicha Investor hisobidan sugʻurta qilinadi hamda boshqarmaning sobiq maʼmuriy binosi kamida 125% qiymatidagi Investorning koʻchmas mulklariga nisbatan notarial tartibda garov shartnomasi rasmiylashtiriladi;

4. Loyihani amalga oshirish boʻyicha tuziladigan shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:

– majburiyatlar bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun Investor majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni ishlarni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi;

– bajarilgan ishlar sifati boʻyicha standartlar, texnik shartlar, qonunchilikda yoki shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlarga mos kelmasa, Davlat sherigi binoni qabul qilishni rad etib, Investordan sifati lozim darajada boʻlmagan ishlar qiymatining 20 foizi miqdorida jarima undirib olishga haqli hisoblanadi;

– Investor tomonidan majburiyatlar oʻz muddatida bajarilmagan taqdirda bino qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar qoplab berilmaydi va shartnomani bekor qilish choralari koʻriladi.

Bunda toʻliq va oʻz muddatida qurilishi yakunlanmagan bino davlat sherigi balansiga oʻtkaziladi

Yuqoridagi manzillarda koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlar namunaviy loyiha hujjatlari bilan qatnashishlari mumkin. Bunda Adliya vazirligiga qo'shimcha ishlar, hizmatlar va bonuslar berish takliflari ustunlik beradi.

Takliflar joriy yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinadi.

Qurilish maydoni joylashgan joy: