Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



07:16:00 (GMT +5), Жм, 26 апр 2024

RSS обуна

Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan 2022-yil 1-yarim yilligida vazirlik tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

I. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha adliya organlari va muassasalarining faoliyatini takomillashtirish sohasida:

– Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi;

– tovar va boshqa moddiy boyliklarni kirim qilish elektron tizimi joriy qilindi;

– Davlat xizmatlarini ko‘rsatishing yangi shakllari joriy qilinishi natijasida 17 ta davlat xizmatini kompozit tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

– yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarida xujjatlarni ko‘rib chiqish taqsimlash jarayoni avtomatlashtirildi.

II. Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:

1. Adliya vazirligi tizimidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalarini umumlashtirish natijasida 58 ta (31 ta yuqori, 27 ta oʻrta darajadagi) korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlangan.

Mazkur aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish boʻyicha 2021-yil 9-avgustda adliya vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2021-2022-yillarga moʻljallangan 54 ta banddan iborat dastur tasdiqlandi.

Mazkur dasturda belgilangan vazifalar yuzasidan 2022-yilning 1-yarim yilligida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi, fuqarolik shartnomalariga korrupsiyaga qarshi shartlarini kiritib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi, adliya organlari va muassasalari xodimlarining korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha oʼqitish ishlarini tashkil etib kelinmoqda.

2. Adliya vazirligiga 2022-yil 1-yarim yillik davomida aloqa kanallari orqali adliya organlari va muassasalari xodimlarining nojoʻya xatti-harakatlari yuzasidan jami 61 ta murojaat va xabarlar kelib tushgan.

Shundan, “antikorbot” telegram kanali orqali adliya organlari va muassasalari xodimlarining nojoʻya xatti-harakatlarigi oid jami 46 ta xabarlar hisoblanadi.

Mazkur murojaatlar va xabarlarni oʻrganib chiqish natijasida 1 nafar xodim bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 10 nafar xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. Shuningdek, 40 nafar xodim bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

III.  Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish sohasida:

Boʻlim tomonidan 2022-yil 1-yarim yilligida 2 ta adliya organlari va muassasalarida komplayens tekshiruvlari oʻtkazildi. Komplayens tekshiruvi natijalariga koʻra, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Boʻlim tomonidan FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari va Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim musssasalarida korrupsiya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha monitoring tadbirlari amalga oshirilmoqda.

IV. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qaroriga asosan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga amaliy koʻmak berildi.