RSS обуна
Adliya vazirligi tizimida 2022-yil 9 oyi davomida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyat samaradorligini oshirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
I. Adliya organlari va muassasalari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada takomillashtirish sohasida:
– davlat xizmatlarini koʻrsatishing yangi shakllari joriy qilinishi natijasida 17 ta davlat xizmatini kompozit tarzda koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi;
– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi;
– tovar va boshqa moddiy boyliklarni kirim qilish elektron tizimi joriy qilindi;
– yuridik xizmat koʻrsatish markazlarida xujjatlarni koʻrib chiqish taqsimlash jarayoni avtomatlashtirildi.
– Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizmlari takomillashtirildi.
II. Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish sohasida:
1. 2022-yil avgust oyida Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi. Baholash natijalariga koʻra, Adliya vazirligi tizimida 109 ta korrupsiyaviy xavf-xatar aniqlangan (11 ta yuqori, 55 ta oʻrta, 43 ta past darajada).
Aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar minimallashtirish boʻyicha adliya vaziri tomonidan joriy yilning 25-avgust kuni Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2022-2023-yillarga moʻljallangan 36 ta chora-tadbirdan iborat dastur tasdiqlandi.
2022-yilning 9 oyi davomida aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlar minimallashtirish boʻyicha adliya organlari va muassalarining 4150 ta boshqaruv xodimlari uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasida oʻqishda ishtirok etgan.
2. Adliya vazirligiga 2022-yil 9 oyi davomida aloqa kanallari orqali adliya organlari va muassasalari xodimlarining nojoʻya xatti-harakatlari yuzasidan jami 78 ta murojaat va xabarlar kelib tushgan.
Shundan, “anticorbot” telegram kanali orqali adliya organlari
va muassasalari xodimlarining nojoʻya xatti-harakatlarigi oid jami 72 ta, boshqa aloqa kanali orqali 6 ta xabarlar kelgan.
Mazkur murojaatlar va xabarlarni oʻrganib chiqish natijasida 2 nafar xodim bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 19 nafar xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanildi. Shuningdek, 63 nafar xodim bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
3. “CERT International” s.r.o xalqaro auditorlik tashkiloti tomonidan Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi ISO 37001 xalqaro standartiga muvofiq faoliyat koʻrsatayotganligi auditdan oʻtkazildi.
Audit natijalariga koʻra, Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish menejmetn tizimi xalqaro standart talablari boʻyicha toʻliq va mos faoliyat koʻrsatayotganligi hulosa qilindi.
III. Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samarali ishlashini taʼminlash va nazorat qilish sohasida:
Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan
9 oyi davomida 3 ta adliya organi va muassasalarida komplayens tekshiruvi tadbirlari amalga oshirildi.
Komplayens tekshiruvi natijasida aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf qilish boʻyicha choralar belgilab olindi.
IV. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qaroriga asosan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga amaliy koʻmak berib kelinmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 11-maydagi PQ–240-son qarori ijrosi yuzasidan davlat tashkilotlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda uslubiy yordam berib borilmoqda.