Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



02:25:29 (GMT +5), Чр, 8 Мая 2024

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON RSS обуна

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON


Vakant lavozimlar nomi:

Davlat boshqaruvi samaradorligini o‘rganish bo‘limi bosh maslahatchisi

Lavozimning faoliyat yo‘nalishi:

- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo‘llash amaliyoti hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishning huquqiy muammolarini o‘rganish va tahlil qilish;

- qonunchilikni rivojlantirish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

- qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

- qonun hujjatlarini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

- qonunchilikni takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar huquqiy tartibga solish tajribasini o‘rganish.

Lavozimlar uchun rasmiy talablar:

- oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish;

- qoida tariqasida yurisprudensiya sohasida 3 yillik ish staji;

- davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

- xorijiy tillarni (ingliz, rus, nemis, fransuz, xitoy, koreys yoki yapon tili) yaxshi bilish;

- ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkaza olish, tahliliy maqolalar va boshqa materiallar tayyorlay olish;

- qonunchilik texnikasi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish sohasida zarur bilimga ega bo‘lish;

- kasbiy faoliyat maqsadlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internet, elektron pochta va tarmoq texnologiyasidan mustaqil foydalana olish;

- yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;

- mas’uliyatni xis qilish, qat’iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.

Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan, milliy va xalqaro nashrlarda o‘z maqolalari bilan chiqishlar qilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

- Toshkent shahar markazida joylashgan, barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

- munosib ish haqi;

- adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalarini olish imkoniyati;

- idoraviy tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati.

Qo‘shimcha afzalliklar:

- zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

- davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

Hujjatlarni taqdim qilish tartibi:

Tanlovda ishtirok etish istagi bo‘lgan nomzodlar dastlab Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tishi, vakant lavozimlarning vazifa-funksiyalari va ularga qo‘yilgan rasmiy talablar bilan tanishib chiqishi, o‘ziga maqbul keladigan lavozim uchun tegishli hujjatlar (shaxsiy varaqa (belgilangan namunadagi ma’lumotnoma-ob’ektivka); diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma; 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati; fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi)ni 2022-yil 4-mart kuniga qadar shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda tizimga biriktirishi lozim. Tanlovga oid barcha jarayonlarni shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish mumkin.

https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havola orqali Ishga qabul qilish tartibi bilan batafsil tanishish mumkin.

Eslatma:

belgilangan muddatdan kechikib taqdim qilingan hujjatlar;

lavozimning rasmiy malaka talablariga nomuvofiq bo‘lgan hujjatlar;

namunaviy shaklda taqdim qilinmagan ob’ektivka-ma’lumotnomalar;

kasbiy va shaxsiy ma’lumotlari haqida noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumot aks ettirilgan hujjatlar Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to‘g‘risidagi nizom talabiga asosan rad etiladi.

Bog‘lanish uchun telefon raqam va elektron pochta manzili: 71 268-28-45, tadqiqotinstituti@adliya.uz.

Tanlov o‘tkaziladigan joy: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 69-uy.

Ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008”, Tadqiqot institutining 71 268 28 45 telefon raqamlari yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.