Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



20:47:43 (GMT +5), Дш, 6 Мая 2024

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari vakillari diqqatiga !!! RSS обуна

Аҳамият беринг

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalari vakillari diqqatiga !!!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 oktyabrdagi PQ–5263-son qarori bilan 2022–2026 yillarda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish reja-grafigi tasdiqlangan. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 martdagi 140-son qaroriga asosan 2022 yilda ijtimoiy himoya, moliya va kredit, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi sohalariga oid qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish belgilangan.

Endilikda Siz mazkur jarayonlarda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha mustaqil yoki ilmiy ekspert sifatida qatnashish imkoniyatiga egasiz.

Mustaqil yoki ilmiy ekspertlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

♦ O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish;

♦ oliy maʼlumotga ega bo‘lish;

♦ mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lish;

♦ korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

♦ ilmiy tashkilot va (yoki) oliy taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan hamda mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga yoxud ilmiy darajaga va (yoki) ilmiy unvonga ega bo‘lish (faqat ilmiy ekspertlar uchun).

Yuqoridagi talablarga mos fuqarolar hamda ilmiy tashkilotlar hamda oliy taʼlim muassasalari vakillaridan, eng avvalo, Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestriga kirishi talab etiladi.

Shunga ko‘ra, mustaqil yoki ilmiy ekspertlar reyestriga kirish istagini bildirsangiz, Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3347, 2022 yil 2 fevral) talablariga muvofiq Adliya vazirligiga bevosita yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun: +998(71) 207-04-99.