Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



04:15:52 (GMT +5), Яш, 19 Мая 2024

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazilishini E’LON QILADI RSS обуна

Аҳамият беринг

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazilishini E’LON QILADI


Buxoro viloyatida

Qoravulbozor tuman davlat notarial idorasida 1 nafar

Navoiy viloyatida

Tomdi tuman davlat notarial idorasida 1 nafar

G‘ozg‘on shahar davlat notarial idorasida 1 nafar

Sirdaryo viloyatida

Oqoltin tuman davlat notarial idorasida 1 nafar

Qoraqalpog‘iston Respublikasida

Bo‘zatov tuman davlat notarial idorasida 1 nafar

Hujjatlarni taqdim etishning oxirgi sanasi 2023-yil 11-yanvar

“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga asosan yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin. Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoki notarius yordamchisi yoxud adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bog‘liq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish talab qilinmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, adliya organlarining ishi notariat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqaruv xodimi yoki advokat sifatida kamida uch yil ishlagan shaxslar, agar ularning vakolatlari tugatilgan paytdan e’tiboran besh yil o‘tmagan bo‘lsa, olti oy muddat stajirovka o‘taydi.

Quyidagilar notarius bo‘lishi mumkin emas:

muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;

notarius, advokat, tergovchi, surishtiruvchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolatlari o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun tugatilgan shaxs – uch yil mobaynida.

Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) 7-bandiga asosan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etadi:

komissiya nomiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;

mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma;

malaka imtihonini topshirganligi (qayta topshirganligi) haqida hududiy adliya organi huzuridagi malaka komissiyasining qaroridan ko‘chirma yoki belgilangan tartibda stajirovka o‘taganligi haqida ma’lumotnoma.

Nizomning 72-bandiga muvofiq tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxsdan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Nizomning 9-bandiga ko‘ra tanlov bo‘yicha talabgorlar mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga elektron shaklda, ular qabul qilib olinganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan holda taqdim etadi.

Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.

Hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan holda jo‘natiladi.

Hujjatlar Adliya vazirligining n.vakilov@adliya.uz elektron pochta manziliga yuborilishi lozim.

Hujjatlarni topshirishda yuzaga keladigan savollar uchun Adliya vazirligining (71) 207-04-51 (ichki raqam 1158) telefon raqamiga murojaat qilinishi mumkin.