Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



23:52:13 (GMT +5), Жм, 19 апр 2024

NNT va diniy tashkilotlar faoliyati to'g'risidagi hisobot 2023 RSS обуна

Аҳамият беринг

NNT va diniy tashkilotlar faoliyati to'g'risidagi hisobot 2023


Hisobot topshirish davri 31 yanvar 2023-yilgacha (01.01.2022-31.12.2022-yilgi davr uchun).

Hisobot topshirish usullari:
Hisobotni topshirish e-ngo orqali elektron tarzda, tegishli adliya organining elektron pochtasiga yoki qog'oz shaklda yuborish orqali amalga oshiriladi.

Tegishli adliya organining elektron pochta manzillari:
havolani bosing.

Adliya vazirligining elektron pochtasi: info@adliya.uz

Ahamiyat bering: hisobotdagi barcha detallar xodimlar tomonidan tekshiriladi. Hisobotda noto'g'ri berilgan ma'lumot uchun qonunchilikda javobgarlik ko'zda tutilgan.

Hisobot topshirilgan, ammo ariza raqami kiritilganda ko'rinmagan taqdirda, shaxsiy kabinetni tekshirib berishlari uchun adliya organiga murojaat qilish lozim.

Hisobot topshirilgan, ammo anchadan beri ko'rib chiqish jarayonida bo'lsa, demak hisobotingiz adliya organi tomonidan ko'rib chiqilmoqda. Barcha hisobotlarni har bir ma'lumotini o'rganib chiqish ancha vaqtni talab etadigan jarayon.  Agar hisobotingiz yuzasidan qandaydir savol bo'lsa, adliya xodimlari o'zlari Siz bilan bog'lanishadi. Shuning uchun, hisobotingizga albatta ishlaydigan telefon raqamlarni va elektron pochta manzilini kiritishingiz lozim.

Hisobot shakllari:
Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun: havolani bosing.
Diniy tashkilotlar uchun: havolani bosing.

Eslatma: Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 239-moddasiga asosan, NNT o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o'z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilangab shaklda taqdim etishi, o'z faoliyati to'g'risida bila turib noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etishi mansabdor shaxslarga bazaviy xisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha (4.5 mln.dan 9 mln so'mgacha) miqdorda jarima solinishga sabab bo'ladi.

Arizani jo'natishdan oldin, ariza raqamini va birinchi betni skrinshot qilib olish tavsiya etiladi. Ariza ko'rinmagan taqdirda, ushbu fakt javobgarlikka tortilishdan himoya vositasi bo'lishi mumkin.

‼Ariza raqamini yozib olish shart‼      MAJBURIY