Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



06:35:20 (GMT +5), Дш, 20 Мая 2024

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Koreya Respublikasidagi O‘zbekistonlik vatandoshlar bilan muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Koreya Respublikasidagi O‘zbekistonlik vatandoshlar bilan muloqot qildi


Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davomida adliya vaziri A.Tashkulovning tashabbusi bilan Koreya Respublikasida taʼlim olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri vatandoshlarimizni qiziqtirgan savollariga javob berib, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy va huquqiy islohotlarni birgalikda muhokama qildilar.

Shuningdek vatandoshlarimizning Koreya Respublikasida boʻlib turishi bilan bogʻliq ayrim masalalar, shu jumladan davlat xizmatlarini olish jarayonlari muhokama qilinib, ularni huquqiy tartibga solish yuzasidan fikr almashdilar.

Vatandoshlarimiz kelgusida oʻz Vatanida mehnat qilib, Yangi Oʻzbekistonning ravnaqi uchun hissalarini qoʻshishga tayyorligini aytdilar.

Bunday uchrashuv birinchi bor tashkil etilayotganligi taʼkidlanib, uchrashuv qatnashchilari tadbir tashkilotchilariga oʻz minnatdorchiligini hamda shu kabi formatda boshqa soha mutasaddilari bilan uchrashish istagini bildirdilar.

Muloqot samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.