Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



09:06:28 (GMT +5), Дш, 20 Мая 2024

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Koreya Respublikasida o‘tkazilgan O‘zbek-Koreya mehnat forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Koreya Respublikasida o‘tkazilgan O‘zbek-Koreya mehnat forumida ishtirok etdi


Avval xabar berilganiday Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida joriy yilning 29-noyabr kuni adliya vaziri A.Tashkulov Seul shahrida tashkil etilgan Oʻzbek-Koreya mehnat forumida ishtirok etib, Forumning asosiy auditoriyasi hisoblanmish – Koreya Respublikasining ishbilarmonlari hamda yirik biznes egalari, shuningdek turli xorijiy davlatlarning vakolatxonalari vakillari e’tiboriga so‘nggi yillarda mamlakatimizda biznesni yuritish hamda investitsiya iqlimini yaxshilash borasida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ishonchli ma’lumotlarni yetkazdi.

Jumladan, O‘zbekistonda xususiy mulk daxlsizligi, mulkdorning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ochiqlikni taʼminlash, byurokratiyani qisqartirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish borasida zamon talablaridan kelib chiqib hamda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslanib qonunchilik takomillashtirilganligi, shuningdek, “yagona darcha” tamoyili asosida ishlovchi davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligi hamda ushbu jarayonlar toʻliq raqamlashtirilib, byurokratiya keskin kamaytirilgani va korrupsiyaga yoʻl ochib beruvchi jarayonlar bartaraf etilganligini, mamlakatimizda sudlar mustaqilligini mustahkamlash, ishlarni koʻrishda xolislik, adolat va qonuniylikni taʼminlash choralari koʻrilayotgani taʼkidlandi.

Forum ishtirokchilariga qarata O‘zbekistonning xar bir davlat idorasi xorijiy investorlarni qabul qilish, ularni eshitish va qiziqtirgan savollariga javob berish hamda faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligi bildirildi.

Forum yakunida Koreya ishbilarmonlari o‘zini qiziqtirgan ayrim savollariga asoslantirilgan javoblarni oldilar.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.