Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



06:41:51 (GMT +5), Яш, 19 Мая 2024

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi – 9-majlisi bo‘lib o‘tdi

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi – 9-majlisi bo‘lib o‘tdi


2022-yil 9-dekabr kuni adliya vaziri A.Tashkulov Pokiston Islom Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan onlayn formatda tashkil etilgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar adliya vazirlarining navbatdagi – 9-majlisida ishtirok etdi.

Majlis davomida ishtirokchilar ShHTga aʼzo davlatlar adliya vazirliklari o‘rtasida koʻp tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va aʼzo davlatlarda sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilishdi.

Tadbirda adliya vaziri A.Tashkulov ma’ruza bilan ishtirok etdi hamda vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi oʻzgarishlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Jumladan, vazirlikning mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan ma’muriy islohotlardagi o‘rni, ma’muriy tartib-taomillarni rivojlantirish va davlat xizmatlarini kengaytirish, ushbu sohaga joriy qilinayotgan innovatsiyalar hamda qonun ijodkorligi yo‘nalishidagi faoliyatlar ta’kidlandi.

ShHTga aʼzo davlatlar adliya vazirlari ham ma’ruzalarida o‘z davlatlarida adliya va huquq sohasidagi islohotlar haqida, xususan, bepul huquqiy yordam, norma ijodkorligi, yuridik xizmatlar, sud ekspertizasi va boshqalar haqida ma’lumotlar berdilar.

Tadbir ishtirokchilari tashkilotga a’zo davlatlar adliya vazirliklarining o‘zaro hamkorligini kengaytirish, ikki tomonlama tashriflarni jadallashtirish, tajriba almashish bo‘yicha hamkorlikdagi turli tadbirlarni tashkillashtirish yuzasidan takliflarni ilgari surdilar.       

Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tomonlarning umumiy kelishuvlarini aks ettiruvchi qoʻshma bayonotni imzolashga kelishib oldilar.

Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.