Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



17:24:46 (GMT +5), Чр, 8 Мая 2024

Adliya vazirligi mutaxassislari “Inson resurslarini boshqarish (HR menejment)” bo’yicha malaka oshirmoqdalar

Adliya vazirligi mutaxassislari “Inson resurslarini boshqarish (HR menejment)” bo’yicha malaka oshirmoqdalar


Ayni kunlarda Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida Adliya vazirligi mutaxassislari Latviyaning Riga shahrida “Inson resurslarini boshqarish (HR menejment)” treningida ishtirok etmoqdalar.

Treningning asosiy maqsadi – davlat xizmatchilarining inson resurslarini boshqarish (HR) sohasida salohiyatini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish va sohaga oid mavzularda trenerlarni tayyorlash uchun zamin yaratish, hamda Latviyaning ilgʼor tajribasi va amaliyotini oʼrganish va uning natijalarini Oʼzbekiston Respublikasida qoʼllash imkoniyatlarini oʼrganish.

Shu o’rinda, HR tizimidagi amaliyot bilan tanishish maqsadida Latviyada kadrlar boshqaruvida yetakchi siyosat yurituvchi organ Davlat kanselyariyasiga hamda Davlat boshqaruvi sohasida salohiyatni oshirishda Latviyada asosiy muassasa - Davlat boshqaruvi maktabiga tashriflar amalga oshirish rejalashtirilgan.