Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



04:43:29 (GMT +5), Пш, 9 Мая 2024

Vashington shahrida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida Strategik hamkorlik dialogining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Vashington shahrida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida Strategik hamkorlik dialogining ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi


Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.Tashkulov joriy yil 13-dekabr kuni AQSHning Vashington shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida Strategik hamkorlik dialogining ikkinchi yigʻilishi doirasida “Insoniylik mezonlari” masalalariga bagʻishlangan toʻrtinchi sessiyasiga rahbarlik qildi.

Tadbirda Oʻzbekistonda demokratik institutlarni mustahkamlash va ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar, so‘z erkinligini himoya qilish va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash, diniy erkinlik sohasidagi hamkorlik, mehnat huquqlari va odam savdosiga qarshi kurash, gender tenglikni ta’minlash sohasidagi hamkorlik, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik, jazoni ijro etish maskanlaridagi sharoitlar masalalari muhokama qilindi.

Amerika tomoni Oʻzbekistonda 2022–2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini e’tirof etdi, hususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yoʻnalishida hamda inson huquqlari boʻyicha xalqaro majburiyatlarni bajarishda ulkan yutuqlarga erishilayotganligini, ushbu yoʻnalishlarda yanada samarali hamorlikni davom ettirish tarafdori ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston vakillari tomonidan tadbir kun tartibi mavzulari doirasida kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va davom ettirish maqsadida aniq va konstruktiv takliflar ilgari surildi.

Vazir shuningdek Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida bir qator qo‘shma tadbirlarda, hususan AQSH davlat kotibi E.Blinken, AQSH Kongressi a’zolari va hukumat vakillari, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbarlari bilan uchrashuvlarda ham ishtirok etdi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi