Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



22:47:50 (GMT +5), Чр, 8 Мая 2024

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasida o‘tkazilgan xalqaro forumida ishtirok etdi


Ayni vaqtda Adliya vazirligi delegatsiyasi ishchi tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida 2022-yilning 15-dekabr kuni adliya vaziri A.Tashkulov Baku shahrida tashkil etilgan “Ilg‘or boshqaruv sari yo‘l: bir darchadan kechayu-kunduz xizmat ko‘rsatishga o‘tish” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi.

Xalqaro forumda AQSH, Avstraliya, Gruziya, Indoneziya, Marokash, Moldova Respublikasi, Uganda Respublikasi, Chernogoriya Respublikasi va boshqa davlatlardan martabali mehmonlar hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Forumda adliya vaziri A.Tashkulov nutqi bilan chiqdi hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida erishilgan yutuqlar hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotganligi haqida gapirdi.

Ayniqsa so‘ngi yillarda O‘zbekistonda ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish hisobiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish, shuningdek, idoralararo elektron hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan ijobiy natijalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, “yagona darcha” tamoyili asosida ishlovchi davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligi hamda ushbu jarayonlar toʻliq raqamlashtirilib, byurokratiya keskin kamaytirilgani va korrupsiyaga yoʻl ochib beruvchi jarayonlar bartaraf etilganligi borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar bilan Forum ishtirokchilarini tanishtirdi.

Forum yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollariga asoslantirilgan javoblarni oldilar.

Adliya vazirligi delegatsiyasi tashrifi davom etmoqda.