Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



01:21:25 (GMT +5), Дш, 6 Мая 2024

Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” MHAM vakillarining Qozogʻiston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot institutiga tashrifi davomida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” MHAM vakillarining Qozogʻiston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot institutiga tashrifi davomida hamkorlik shartnomasi imzolandi


Joriy yilning 12-15-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi vakillarining Qozogʻiston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot institutiga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.

Mazkur tashrif markaz vakillari hamda Qozogʻiston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot instituti direktori va rahbariyati bilan uchrashuvidan boshlandi. Tadbir doirasida normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni oʻzaro almashish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashni takomillashtirish, shuningdek, qonunchilik sohasida dasturiy vositalar (dasturiy ta’minot), shu jumladan, axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish, shu jumladan norma ijodkorligi va huquqni muhofaza qilish faoliyatida ilg‘or raqamli texnologiyalarni qo‘llash boʻyicha hamkorlik muhokama qilindi.

Tadbirning keyingi qismida Qozogʻiston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot institutining tarkibiy boʻlinmalarining huquqiy axborot tarqatish sohasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tarkibiy boʻlinmalari boshliqlari va mutaxassislari bilan tajriba almashildi. Oʻz oʻrnida delegatsiya a’zolari bilan O‘zbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasida huquqiy axborotni to‘plash, hisobga olish, qayta ishlash, saqlash, tizimlashtirish, yangilash va tarqatish masalalarida oʻzaro tajriba almashildi.

Bundan tashqari, Qozogʻiston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot institutining “Call center”ining faoliyati bilan yaqindan tanishtirish ishlari olib borildi. Institut tomonidan ishlab chiqarildigan ilmiy-huquqiy jurnallar namoyish qilindi.

Uchrashuv yakunida muassasalar oʻrtasidagi institutsional hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, shu bilan birga huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida “Huquqiy axborot almashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi shartnoma imzolandi.