Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



10:21:14 (GMT +5), Дш, 6 Мая 2024

Xorijlik hamkorlar Oʻzbekiston tajribasini oʻrganmoqda

Xorijlik hamkorlar Oʻzbekiston tajribasini oʻrganmoqda


Bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Turkmaniston Adolat vazirligi vakillariga FHDY organlari faoliyati, axborot tizimini yaratish, yuritish va ulardan foydalanish shartlari bilan tanishtirish maqsadida onlayn seminar tashkil etildi.

Seminarda FHDY sohasida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek fuqarolarni ortiqcha ovoragarchiligiga olib keladigan byurokratik talablarni bekor qilinishi bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlar, FHDY organlari mudiralari va xodimlariga qo‘yilgan talablar, ularni ishga qabul qilish va nazorat qilish tartiblari, nikoh tuzish va nikohdan ajrashish haqida arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish yuzasidan Sirdaryo viloyatida o‘tkazilayotgan huquqiy eksperimentning dastlabki natijalari haqida tanishtirildi.

Shuningdek, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimida dalolatnoma yozuvlarini qayd etish, o‘zgartirish kiritish, arizalar qabul qilish jarayonlari, elektron tizim orqali FHDY organlari faoliyatini nazorat qilib borish funksiyalari haqida elektron taqdimotlar asosida tushuntirishlar berildi.

Muloqot soʻnggida, FHDY sohasida Turkmaniston vakillari bilan kelgusidagi hamkorlik rejalari yuzasidan kelishib olindi.