Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



07:16:50 (GMT +5), Чр, 1 Мая 2024

Adliya vaziri Toshkent shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi

Adliya vaziri Toshkent shahri aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi


Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, jismoniy va yuridik shahslarning muammolarini joyida hal etish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 2022-yilning 23-dekabr kuni adliya vaziri Akbar Toshqulovning Uchtepa tumani adliya bo‘limida sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida 70 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etib, 30 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi hamda qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 40 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari rasmiylashtirilib ish yurituvga olindi.

Xususan, sayyor qabulga kelgan Rustambek ota Ibragimov bir necha yillardan beri harbiy pensiyani to‘g‘irlash bo‘yicha sarson bo‘lib kelayotganligini, shunga ko’ra ushbu masalada amaliy yordam berishni soragan. Аdliya vazirining qabulida muammosi eshitilib, ijobiy hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bundan tashqari, mazkur sayyor qabulda Respublikamizning boshqa hududlaridagi fuqoralarga ham o‘z muammolarini ZOOM platformasi orqali yo’llash uchun sharoitlar yaratilib, olis masofadagi fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratildi.

Xususan, Andijon viloyatidan Xushnudbek Axmedov ham ushbu imkoniyatdan foydalangan holda diniy ta'lim muassasasiga farzandini qabul qilinishi yuzasidan vazir qabuliga kirishda amaliy yordam berishni so‘ragan. Ushbu murojaat ham adliya vazirining shaxsan o‘z nazoratiga olinadigan bo‘ldi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati uy-joy, tadbirkorlik, FHDYo, mehnat munosabatlari, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari va ijtimoiy himoya kabi masalalariga oiddir.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi