Bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Аҳамият беринг

Bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi


Adliya vazirligida bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha bugungi kunda turli davlatlarda olib borilgan 80 ga yaqin tadqiqotlarga ko‘ra maktab o‘quvchilarining 35% doimiy ravishda tazyiq va zo‘ravonlikka uchraydi.

Shuningdek, ushbu muammoga rivojlangan davlatlarda turli choralar qo‘llash, xususan huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash orqali kurashish samara bermoqda.

Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus dasturlarga ega bo‘lgan AQSH, Buyuk Britaniya, Skandinaviya davlatlarida bunday dasturlari bo‘lmagan davlatlarga qaraganda tazyiq va zo‘ravonlik ko‘rsatkichi 20% kamroqni tashkil qiladi.

Seminar-trening davomida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Bolalar himoyasi dasturi boshlig‘i Antoniya Lyudeke tomonidan bola huquqlarini himoya qilish borasida xalqaro tajriba bo‘yicha taqdimot qilib berildi.

Seminar-trening davomida O‘zbekistonda ham bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash bo‘yicha ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlarining konseptual asoslari ko‘rib chiqildi.

Xususan, ishlab chiqiladigan qonun loyihasida bolalarga nisbatan o‘tkaziladigan tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi, bu boradagi davlat siyosati, davlar organlarining vazifalari belgilanishi ta’kidlandi.

Shuningdek, bugungi kunda vasiylik va homiylik organlari tomonidan funksional vazifalarini amalga oshirishdagi kamchiliklar qizg‘in muhokama qilindi.

Seminar-trening yakunida muhokama qilingan masalalar bilan qonun loyihasini ishlab chiqish va kelgusida uni yana muhokama qilishga kelishilib olindi.