Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



11:57:38 (GMT +5), Яш, 19 Мая 2024

Davlat xizmatlari markazida bayram shukuhi.

Davlat xizmatlari markazida bayram shukuhi.


Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari markazi faoliyatiga 5 yil toʻlishi munosabati bilan fuqarolarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish keng quloch yozdi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuman, shahar davlat xizmatlari markazlarida aholiga tez va sifatli xizmat koʻrsatish bilan birgalikda fuqarolarga koʻtarinki kayfiyat ulashish maqsadida koʻngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlarning biri Namangan shahar davlat xizmatlari markazida boʻlib oʻtdi. Fuqarolarga bayram shukuhini ulashuvchi burchak tashkil etilib, sovuq ob-havoda iliqlik ulashildi. Shundan soʻng, aholiga hush kayfiyat ulashish maqsadida markazga oʻgʻil-qizlari bilan kelgan fuqarolarga yangi yil sovgʻalari taqdim etildi.

Namangan shahrida yashovchi Haybulla Rasulovning 1932 yilda tugʻilgan. Oʻsha paytdagi xatolik sabab fuqaroning fuqarolik pasportida tugʻilgan oy va kuni notoʻgʻri yozilgan. Otaxonning qilgan murojaati Namangan shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan ijobiy ham etilib, bayram kuni arafasida ID-KARTA hamda xorijga chiqish biometrik pasporti berildi.

Shuningdek, boshqarma tomonidan xizmatdan foydalangan “Eng keksa mijoz” sifatida eʼtirof qilindi hamda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi