Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



14:44:46 (GMT +5), Яш, 19 Мая 2024

Adliya vazirligining 2022-yil dekabr oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligining 2022-yil dekabr oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi


Xabaringiz bor, Adliya vazirligi jamoa orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, ragʻbatlantirib bormoqda. An’anaga koʻra, vazirlikning Qonunchilik departamenti boshligʻi Mirjalol Davronbekovich Allakuliyev 2022-yilning dekabr oyi uchun “oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Mirjalol Allakuliyev 2008-2022-yillar mobaynida Adliya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimidan boshlagan.

2022-yildan boshlab Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshligʻi lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Mirjalol Davronbekovich Allakuliyevni bunday eʼtirofga sazovor boʻlganligi munosabati bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi