Ўзб Рус Eng
Охирги янгиланиш : 12.01.2024



16:38:22 (GMT +5), Сш, 16 апр 2024

Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering

Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering


Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush e’lon qilingan.

Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:
- adliya boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari;
- yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
- FHDY organlari;
- davlat xizmatlari markazlari;
- X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
- “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi” davlat muassasasi;
- “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi;
- “Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi;
- “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
- davlat notarial idoralari va arxivlari;
- Yuristlar malakasini oshirish markazi;
- Toshkent davlat yuridik universiteti;
- yuridik texnikumlar;
- TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni telegramdagi @antikorbot botiga, “(71) 207-04-64 (1321 yoki 1322)” telefoniga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga (http://www.minjust.uz/uz/anticorruption/feedback) yuborish mumkin.

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.